Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga

Taklifnoma

Sizni “Yoshlarga sof islom ma'rifatini tanitish va ularni yot g'oyalar ta'siridan asrashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o'rni” mavzusidagi konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.

Mazkur anjuman jamiyatimizdagi sog'lom ma'naviy muhitni mustahkamlash, yosh avlodni to'g'ri e'tiqod va sof g'oyalar asosida tarbiyalash hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining bebaho ilmiy meroslarini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.

Sana 2026-yil 11-aprel Shanba
Mehmonlarni kutib olish 09:30 - 10:00
Rasmiy dastur 10:00 - 17:00

Tashrifingizdan mamnun bo'lamiz.

Hurmat bilan, "Peshqadam Karvoni" jamiyati
Konferensiya haqida

Ilmiy-amaliy anjumanning mazmuni, yo'nalishlari va nashr imkoniyatlari

“Yoshlarga sof islom ma'rifatini tanitish va ularni yot g'oyalar ta'siridan asrashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o'rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani Peshqadam Karvoni qoshida ochilgan Peshqadam ilmiy markazi tomonidan "Hilol-nashr" va islom.uz hamkorligida tashkil etildi.

Yoshlar ma'rifati, ma'naviy barqarorlik va diniy savodxonlikni oshirish hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ilmiy merosini zamonaviy tadqiqotlar bilan bog'lashga xizmat qiluvchi anjuman o'ziga xos ilmiy muloqot maydonini shakllantiradi.

01

Ilmiy yo‘nalishlar

Yoshlarning sof islom aqidasi bo‘yicha bilimlarini oshirish, ekstremizm va radikal g‘oyalarga qarshi ma‘rifat yordamida kurashish, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni tarbiyalash, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga doir zamonaviy tadqiqotlar qamrab olinadi.

02

Ishtirok shakli va tillar

Maqola va tezislar o‘zbek, turk, ingliz, arab va rus tillarida qabul qilinadi. Kunduzgi shaklda ma‘ruza va nashr bilan, sirtqi shaklda esa maqola nashri orqali ishtirok etiladi.

03

Nashr va ilmiy bazalar

Tanlab olingan materiallar konferensiya to‘plamida nashr etiladi, xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazalarida indekslanadi. Mualliflar uchun DOI raqami berilishi ko‘zda tutilgan.

04

Aloqa va murojaat

Qo‘shimcha ma‘lumot olish uchun @bizgamaktubbot telegram boti, peshqadamilmiymarkazi@gmail.com elektron pochtasiva +998 92 001 24 01 murojaat liniyasi orqali bog‘lanish mumkin.

Joylashuv

Konferensiya manzili va onlayn efir ma'lumotlari

Manzil

"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" majmuasi

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chilonzor-20, So'galli Ota ko'chasi.

Mo'ljal: Olmazor metro bekati yaqinida.

Onlayn efir

YouTube orqali jonli translyatsiya

Eslatma: Ushbu sahifada ochiq ro'yxatdan o'tish mavjud emas.

YouTube efirini ochish
Yo'nalish

Yandex xarita orqali manzilni ko'ring

Konferensiya joylashuvi sahifaning o'zida ko'rinadi, kerak bo'lsa bir tugma orqali navigatsiyaga o'tish mumkin.

Dastur

Kun tartibi va ma'ruzachilar tarkibi

10:00 - 10:35

Rasmiy qism

09:30 - 10:00

Taklif etilgan mehmonlarni kutib olish va ro'yxatdan o'tkazish.

10:00 - 10:30

Qur'on tilovati va tabrik nutqlari.

10:35 - 12:30

Yalpi majlis, I qism

Moderator: Ilhom Bekmirzayev, tarix fanlari doktori, professor

10:35 - 10:45

Xo'jakeldi Alimov

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori,
psixologiya fanlari doktori

"Ruh va psixika o'rtasidagi munosabatlar muammosi va uning psixologik yechimi"

10:50 - 11:00

Ilhom Bekmirzayev

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori,
tarix fanlari doktori

"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning fiqhiy bilimlarni yosh avlodga yetkazishdagi o'rni"

11:05 - 11:15

Odinaxon Muhammad Sodiq

Xadichai Kubro o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi katta o'qituvchisi, Hilol Nashr nashriyot-matbaasi direktor o'rinbosari, “Peshqadamlar Karvoni” ta'sischisi,
islomshunos olima

"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni asrash g'oyalarining manbaidir"

11:20 - 11:30

Nozima Ibragimova

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti dotsenti,
tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

"Yosh avlod tarbiyasida mazhab tutish ahamiyati va fatvo berishdan ehtiyotkorlik prinsipi"

11:35 - 11:45

Gavhar Darvesh

Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD), psixoterapevt

"Ruhiy tarbiya konsepsiyasining zamonaviy psixoterapiyadagi ilmiy-amaliy ahamiyati"

11:50 - 12:00

Charos Mirxoliqova

Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti dotsenti,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD)

"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarida ruhiy tarbiya va ma'naviy intellekt masalalari"

12:00 - 12:30

Tabrik nutqlari.

12:30 - 14:00 | Kofe-breyk va tanaffus
14:00 - 16:00

Yalpi majlis, II qism

14:00 - 14:10

Nurjamol Normatova

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti,
filologiya bo'yicha falsafa doktori(PhD)

"Sun'iy intellekt davrida oliy ta'lim talabalarining kasbiy va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish"

14:15 - 14:25

Muminova Dilshodaxon

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

“Ma’naviy tarbiya jarayonida tilning tarbiyaviy funksiyasi va uning yoshlar ongiga ta’sirida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o‘rni”

14:30 - 14:40

Maxfuzaxon Jaloldinova

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti dotsent v.b.,
islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

"Yoshlarning sof islom ma'rifati bilan kamol topishida Ixtiloflar sabablar va yechimlar asarining o'rni"

14:45 - 14:55

Lolaxon Xamdamova

Turkiyadagi Imom Molik Xalqaro Ilmlar Akademiyasi magistranti

"Deradikalizatsiya jarayonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning aqidaviy maktabidan foydalanish metodikasi"

15:00 - 15:10

Abduvahob To'xtanazarov

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tadqiqotchisi

"Yangi O'zbekistonda yoshlarni sof islom ma'rifati asosida tarbiyalashda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarining o'rni"

15:15 - 15:25

Shahzoda Abduraimova

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tayanch doktoranti

"Konfessiyalararo bag'rikenglikni mustahkamlashda islom.uz va muslimaat.uz mediakontentlarining ahamiyati"

15:30 - 17:00

Yakuniy qism

15:30 - 16:00

Yakunlovchi nutqlar, sertifikatlar topshirish va umumiy suratga tushish.

16:00 - 17:00

Konferensiya mehmonlari uchun "Hilol Nashr" bosmaxonasiga ekskursiya.

Natijalar

Konferensiyadan kutilayotgan amaliy natijalar

01

Ilmiy maqola, qo'llanma va elektron resurslar

Ilmiy maqola, qo'llanma va elektron resurslar tayyorlash hamda nashr etish yo'lga qo'yiladi.

02

Hamkorlik va qo'shma loyihalar

Ilmiy va ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik kuchaytirilib, qo'shma loyihalar amalga oshiriladi.

03

Ustozlar uchun amaliy yo'riqnomalar

Ustozlar va ta'lim muassasalari uchun olimning asarlarini qo'llash bo'yicha amaliy yo'riqnoma va metodikalar ishlab chiqiladi.

04

Yoshlar klublari va ma'naviy dasturlar

Yoshlar klublari va ma'naviy dasturlar orqali sog'lom turmush tarzi, ijobiy odatlarni shakllantirish hamda yot g'oyalarga qarshi kurashishga qaratilgan tarbiyaviy loyihalar tashkil etiladi.

05

Asarlarni tarjima qilish va nashr etish

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish, nashr etish va keng jamoatchilikka yetkazish ishlari amalga oshiriladi.

Eslatma

Taklif etilgan mehmonlar uchun zarur eslatmalar

Tadbir tartibiga hurmat bilan yondashing

Anjumanimiz yuqori saviyada va samarali o'tishini ta'minlash maqsadida telefoningizni ovozsiz rejimga o'tkazishingizni, sherik yoki bolalarsiz tashrif buyurishingizni iltimos qilamiz. Tushunganingiz uchun rahmat.